logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xyoness — «Bavariya» rekordi haqida: «Menga eng yoqadigani, bu o'yinchilar to'xtab qolishmayapti»

 12 APREL, 2026, 14:48

«Bavariya» faxriy prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan Uli Xyoness Myunxen klubining navbatdagi yutug'iga izoh berdi. Yaqinda «Bavariya» bir mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha Germaniya chempionati rekordini yangiladi. Joriy mavsumning 29 ta o'yinida myunxenliklar raqiblar darvozasini 105 marta ishg'ol qilishdi.

«Oradan shuncha o'n yilliklar o'tib, bu jamoa bizning 101 ta goldan iborat rekordimizni yangilagani ko'p narsadan dalolat beradi. Menga eng yoqadigan jihati shundaki, bu o'yinchilar to'xtab qolishmayapti — ular to'rtinchi yoki beshinchi goldan keyin ham o'ynashda davom etishmoqda», — deya Xyonessning so'zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Ayni damda Vensan Kompani shogirdlari Bundesliga turnir jadvalida 76 ochko bilan katta farq evaziga peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ