logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta "Bornmut"dan qabul qilingan mag'lubiyatdan keyin "Arsenal" muxlislariga murojaat qildi

 12 APREL, 2026, 14:00

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionati 32-turida "Bornmut"dan qabul qilingan kutilmagan mag'lubiyatdan keyin muxlislarga murojaat yo'lladi.

"Kechirim so'rash, bunga rozi bo'lish va olg'a siljish — mana shuning o'zini ayta olaman hozir. Men klubga bor imkoniyatimni berishga, o'yinchilar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga harakat qilaman. Va men bilaman: agar stadionda atmosfera, muxlislar, qo'llab-quvvatlash va energiya dunyodagi eng yaxshisi bo'lsa, bizning g'alaba qozonish imkoniyatimiz ancha yuqori bo'ladi. Bunday qo'llab-quvvatlash bilan o'yinni yaxshilashning boshqa yo'li yo'q, deb o'ylayman. Lekin biz ham buning evaziga javob qaytarishimiz kerak. Birinchi taymda bizda bu ish bo'lgan paytlar ham bo'ldi, lekin o'zimizning darajamizga etmagan vaziyatlar ham bo'ldi. SHuning uchun muxlislardan kechirim so'rashishimiz va, albatta, o'zimizni yaxshilashimiz kerak", — dedi Arteta.

"Arsenal" 70 ochko to'plab, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rinda "Manchester Siti" (61 ochko) bormoqda. Biroq "shaharliklar"ning zaxirasida ikkita o'yin bor.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ