logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Toni Kroos «Real» rahbariyatidan taklif oldi

 12 APREL, 2026, 13:00

Germaniyalik sobiq futbolchi Toni Kroos Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda AS jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «qirollik klubi» germaniyalik mutaxassisga o'z tuzilmasida ishlashni taklif qilmoqchi. Kroosni taklif etishdan Madrid grandi rahbari Florentino Peresning shaxsan o'zi manfaatdor.

Eslatib o'tamiz, sobiq yarim himoyachi 2014 yildan 2024 yilgacha «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilgan. Madrid klubi tarkibida Kroos to'rt marta Ispaniya La Ligasida g'olib chiqqan va besh bor UEFA Chempionlar ligasi g'olibiga aylangan.

«Real» navbatdagi uchrashuvini Chempionlar ligasi chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» klubiga qarshi o'tkazadi. Dastlabki bahsda madridliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ