logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Angliya chempionatida noyob natija qayd etdi

 12 APREL, 2026, 12:54

«Liverpul» Angliya chempionati doirasida o'z uyi — «Enfild» stadionida 1500-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu haqda «qizillar»ning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mersisaydliklar ushbu tarixiy marrani Angliya Premer-ligasining 32-turida Londonning «Fulxem» jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) orqali zabt etishdi. «Enfild»dagi ilk g'alaba 1892 yilning 3 sentyabrida qayd etilgan bo'lib, o'shanda mersisaydliklar «Xayer Uolton» jamoasini 8:0 hisobida tor-mor etishgan edi.

Ayni damda «Liverpul» 52 ochko bilan Angliya yuqori divizioni turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Keyingi turda mersisaydliklar 19 aprel kuni safarda «Everton» bilan kuch sinashadilar. Jamoaning APL doirasidagi navbatdagi uy uchrashuvi esa 25 aprel kuni «Kristal Pelas»ga qarshi bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ