logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Flik qo'l ostida o'yinlarining uchdan birida yirik g'alaba qozonmoqda

 12 APREL, 2026, 12:42

«Barselona» La Liganing 31-turida «Espanol»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bu bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo'l ostida o'tkazilgan 109 ta o'yindagi 37-yirik g'alaba bo'ldi.

Germaniyalik mutaxassis davrida «ko'k-anorranglilar» «Atletik» (3:0, 4:0, 5:0), «Valensiya» (7:1, 5:0, 6:0), «Malorka» (5:1, 3:0, 3:0) va «Sevilya»ni (5:1, 4:1, 5:2) uch martadan yirik hisobda mag'lub etishdi. Shuningdek, «Barselona» «Real Madrid» (4:0, 5:2), «Jirona» (4:1, 4:1) va «Vilyarreal» (5:1, 4:1) ustidan ikki martadan yirik g'alabaga erishdi.

Bundan tashqari, «Valyadolid» (7:0), «Yang Boyz» (5:0), «Alaves» (3:0), «Bavariya» (4:1), «Tsrvena Zvezda» (5:2), «Brest» (3:0), «Barbastro» (4:0), «Betis» (5:1), «Real Sosedad» (4:0), «Borussiya» (4:0), «Olimpiakos» (6:1), «Ovedo» (3:0), «Kopengagen» (4:1), «Levante» (3:0), «Xetafe» (3:0), «Osasuna» (3:0), «Atletiko» (3:0) va «Nyukasl» (7:2) jamoalari ham ayovsiz mag'lub etildi.

Flik 2024 yildan beri «Barselona»ni boshqarib kelmoqda. O'tgan mavsumda klub Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ