«Barselona» La Ligada 17 yildan beri Kataloniya derbisida yutqazmayapti
12 APREL, 2026, 12:36
«Barselona» La Liga doirasida «Espanol»ni tor-mor etdi (4:1).
Shu tariqa, «blaugrana» ketma-ket beshinchi bor Kataloniya derbisida g'alaba qozondi.
«Barselona» oxirgi marta «Espanol»ga qarshi bahsda 2022 yilning dekabrida ochko yo'qotgan edi — o'shanda Primera doirasidagi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
«Blaugrana» 2018 yilning yanvaridan beri Kataloniya derbisida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. O'shanda jamoa Ispaniya Kubogi 1/4 finalining dastlabki uchrashuvida 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
La Liga doirasida esa «Barselona» oxirgi marta 2009 yilning fevral oyida «Espanol»ga (1:2) mag'lub bo'lgan.
