Saloh APL tarixidagi afsonaviy natijani yangilashi mumkin
12 APREL, 2026, 12:36
Muhammad Saloh bitta stadionda urilgan gollar soni bo'yicha APL rekordiga yaqinlashmoqda.
Shanba kuni «Liverpul» vingeri «Fulxem»ga qarshi kechgan bahsda (2:0) o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Endilikda misrlik futbolchining «Enfild»da Premer-liga doirasida urgan gollari soni 108 taga etdi.
Tarixda faqat bir nafar futbolchi bitta stadionda bundan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lgan — bu Terri Anri ( «Xayberi» stadionida 114 ta gol).
