logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Erling Xolandning kelajagi haqida gapirdi

 12 APREL, 2026, 12:18

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola Erling Xolandning istiqbollari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Norvegiyalik hujumchi so'nggi oylarda o'zining odatiy mahsuldorligini ko'rsata olmayayotgan edi, biroq Angliya Kubogi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan yaqindagi bahsda (4:0) yana porladi va o'z hisobiga xet-trik yozdirib qo'ydi.

«Xoland har mavsumda borgan sari kuchayib boraveradi. Bunga ishonchim komil», — dedi Gvardiola yulduzli forvardning o'yini haqida to'xtalar ekan.

«Shaharliklar» hujum chizig'ining 25 yoshli etakchisi hamon 22 ta gol bilan Premer-liga to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda, ammo «Brentford» vakili Igor Tyago unga ancha yaqinlashib qolgan — braziliyalik futbolchi hisobida 21 ta gol mavjud.

Bugun «Siti» safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ