Ferran: «Mening gol urishimni ko'rish ularga yoqmaydi»
12 APREL, 2026, 12:12
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «Espanol»ga qarshi kechgan derbidagi (4:1) dublidan so'ng intervyu berdi. Uchrashuv shanba kuni La Liga doirasida bo'lib o'tdi.
Klub miqyosidagi avvalgi 13 ta o'yinda gol ura olmagan 26 yoshli futbolchi 9-daqiqada hisobni ochdi, 25-daqiqada esa ikkinchi bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.
«Hujumchilarni gollariga qarab baholashlarini bilaman, men esa anchadan beri gol ura olmayotgandim. Agar sabr qilsam, ertami-kechmi baribir gol urishni boshlashimni tushunib turardim. Golni nishonlashimga kelsak? Atrofimda doim shov-shuv — doim qandaydir salbiy fikrlar yuradi. Mening gol urishimni ko'rish ularga yoqmaydi, shuning uchun bu ularga yo'llangan bir xabar edi», – dedi Ferran intervyuda.
Torres hisobida La Liganing joriy mavsumida allaqachon 14 ta gol mavjud.
