logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anri: «Arteta chempion bo'lishini istayman, lekin futbolchilar buni uddalay olmasligidan qo'rqaman»

 12 APREL, 2026, 12:06

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Terri Anri APL 32-turi doirasida «to'pchilar»ning o'z maydonida «Bornmut»dan uchragan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi. Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

«Yuragim parchalandi. Gap faqat mag'lubiyatda emas, balki «Arsenal»ning yomon o'yin ko'rsatganida. Bu juda mahzun holat. Men Artetaning APL titulini yutishini istayman va buni uddalashiga umid qilaman. Biroq «Arsenal» futbolchilari bu vazifani bajara olmasliklaridan qo'rqaman», — dedi Anri.

Ayni damda «Arsenal» 70 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Manchester Siti»dan 9 ochko oldinda. Ammo «shaharliklar» ixtiyorida zahiradagi yana 2 ta o'yin mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ