logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa «Bavariya»ni ogohlantirdi

 12 APREL, 2026, 11:42

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi oldidan o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

Mutaxassis Germaniya klubini ogohlantirdi. Ispaniyalik murabbiy madridliklar yarim final yo'llanmasini shunchaki topshirib qo'ymasligini ta'kidladi.

«Bavariya» hisobdagi ustunlik va o'z uyida o'ynashi sababli favorit ekanligiga ishonmoqda. Ammo ular maydonda oq libosli, dumaloq emblemali jamoaga qarshi to'qnash kelishadi va ishonchim komilki, biz munosib qarshilik ko'rsatamiz», — deya Arbeloaning so'zlarini keltirmoqda «Real» rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, «Real» o'z maydonida kechgan ilk bahsda «Bavariya»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Uchrashuvda Luis Dias hisobni ochgan bo'lsa, Xarri Keyn Germaniya grandining ustunligini ikkitaga oshirgandi. Kilian Mbappe esa bitta javob golini urishga muvaffaq bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ