logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Musiala: «Sekin-asta optimal formamga kirib boryapman»

 12 APREL, 2026, 11:24

«Bavariya» vingeri Jamal Musiala Germaniya chempionatining 29-turi doirasida «Sankt-Pauli» ustidan qozonilgan safardagi g'alaba (5:0) haqida gapirib o'tdi.

«Biz ajoyib o'yin o'tkazdik va unda men gol urishga muvaffaq bo'ldim. O'z ishtirokimdan mamnunman, oldinga qarab qadam tashladim. Sekin-asta optimal sport formamga kirib boryapman. Jamoamga yordam berishni istayman», — deya yarim himoyachining so'zlarini keltirmoqda Germaniya top-klubi matbuot xizmati.

Bundesliganing joriy mavsumida Musiala 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Vinger o'z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ