logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» zaxirasida qolib ketayotgan futbolchiga A Seriyaning 3 grandi da'vogar

 12 APREL, 2026, 11:00

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Manuel Ugarte kelayotgan yozda Italiyaning top-klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Urugvaylik futbolchi «qizil iblislar»ning asosiy tarkibida tez-tez ko'rinish bermayotgani sababli faoliyatida o'zgarish qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, agent Jorje Mendesh yarim himoyachi xizmatlarini «Yuventus», «Milan» va «Napoli» klublariga taklif qilgan. Ta'kidlanishicha, turinliklar skautlari 25 yoshli o'yinchining terma jamoadagi yaqinda bo'lib o'tgan o'yinlaridan birini bevosita kuzatishgan. Neapolliklarning ustunligi esa «Yunayted» rahbariyati bilan yaxshi aloqalarga ega ekanligida bo'lishi mumkin.

Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Manuel Ugartening bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ