logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ferran Torres: «Hammasi o'z qo'limizda»

 12 APREL, 2026, 10:42

«Barselona» La Liga turnir jadvalida «Espanol» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1), Madridning «Real» klubi bilan oradagi farqni yanada kattalashtirdi.

«Ko'k-anorranglilar» juma kuni «Jirona» bilan durang o'ynab (1:1), ochko yo'qotgan «qaymoqranglilar»ning xatosidan unumli foydalanishdi. Chempionat yakuniga 7 tur qolganda, «Real»ning «Barsa»dan ortda qolishi 9 ochkoni tashkil etmoqda.

«Hammasi o'z qo'limizda. Biz qulay holatdamiz — La Liga chempionligini qo'lga kiritish uchun bizda barcha imkoniyatlar etarli», — deya «Espanol» bilan derbida dubl qayd etgan hujumchi Ferran Torres jadvaldagi vaziyat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

22 aprel kuni «Barselona» o'z maydonida «Selta»ni qabul qiladi. Bungacha esa, 14 aprel kuni Xans-Diter Flik shogirdlari Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Atletiko»ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushadilar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ