logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Torresning "Espanol" bilan o'yindagi dubliga munosabat bildirdi

 12 APREL, 2026, 09:36

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik hujumchi Ferran Torresning uzoq kutilgan gollari haqida o'z fikrini bildirdi.

Torres shanba kuni bo'lib o'tgan va "ko'k-anorranglilar"ning yirik g'alabasi (4:1) bilan yakunlangan "Espanol"ga qarshi derbida dubl qayd etdi. Bu Ferran uchun yanvar oyi oxiridan beri urilgan ilk gollar bo'ldi — u klub miqyosida qatorasiga 13 ta o'yinda raqib darvozasini ishg'ol eta olmayotgan edi.

"Albatta, gol urish Ferran uchun juda muhim edi. Hozirda u haqiqatan ham yaxshi holatda — men buni har kuni mashg'ulotlarda ko'rib turibman. Uning uchun juda xursandman. Doim aytganimdek, u gollarga munosib", — deya Flikning so'zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ