logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La Liga. «Atletiko» «Sevilya»ga qarshi o'yinda deyarli 3-tarkibini maydonga tushirdi va mag'lub bo'ldi (Videosharh)

 12 APREL, 2026, 09:00

Madridning «Atletiko» klubi La Liganing 31-turi doirasida safarda «Sevilya»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Akor Jerom Adams penaltidan hisobni ochdi. 35-daqiqada Xaver Bonyar gol urib, madridliklarning javob qaytarishini ta'minladi. Biroq birinchi bo'lim yakunida Nemanya Gudel «Sevilya»ga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Diego Simeone shogirdlari (57 ochko) La Ligada qatorasiga uchinchi mag'lubiyatni qabul qilib olishdi va turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turishibdi. «Sevilya» esa uchta mag'lubiyatdan iborat noxush seriyasiga chek qo'yib, 34 ochko bilan 15-o'ringa ko'tarilib oldi.

Ispaniya La Ligasi. 31-tur
11.04.2026 | 23:59
«Ramon Sanches Pisxuan», Sevilya

«SEVIL'Ya» — «ATLETIKO» — 2:1
Gollar: Che Adams 10-pen (1:0), Bonyar 35 (1:1), Nemanya Gudel 45+2 (2:1).

«Sevilya»: Vlaxodimos, Salas, Gudel, Kastrin, Oso, X. Sanches (Suaso, 90+4), Agume, Manu Bueno (Sou, 70), Ruben Vargas (A. Sanches, 78), Romero (Peke Fernandes, 70), Adams (Mendi, 90+4).

«Atletiko»: Musso, Pubil, Martines, Dias (Monserrate, 86), Bonyar, Mendosa (Morsilo, 71), O. Vargas, Baena, Almada, Belaid (Lukman, 71), Serlot.

Ogohlantirishlar: Manu Bueno (36), X. Sanches (67), Gudel (88), Peke Fernandes (90) — Dias (44), Baena (75), Grizmann (75), Morsilo (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ