logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bu jamoa tarix yaratmoqda»: Xarri Keyn «Bavariya»ning yangi rekordi haqida

 12 APREL, 2026, 09:00

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya chempionatining 29-turi doirasida «Sankt-Pauli» ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi. Myunxenliklar 5:0 hisobida zafar quchib, mazkur turnir tarixida bir mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatishdi.

«Bu jamoa tarix yaratishda davom etmoqda. Bugun muhim g'alabaga erishdik, maqsadimiz sari yana bir qadam tashladik. Bundesliganing bir mavsumida urilgan gollar soni bo'yicha rekordni yangilash — butun jamoaning ajoyib yutug'idir. 105 ta gol! Va bu hali hammasi emas», — deb yozdi ingliz futbolchisi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

29-turdan so'ng «Bavariya» turnir jadvalida Dortmundning «Borussiya» jamoasini 8 ochkoga ortda qoldirmoqda. Keynning o'zi bugungi bahsda maydonga tushmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ