logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saloh APL tarixidagi eng yaxshi besh futbolchidan biriga aylandi

 11 APREL, 2026, 23:06

"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh APL doirasida penaltilarni hisobga olmaganda "gol+pas" tizimida 250 ochkolik marrani zabt etdi.

Misrlik futbolchi Angliya chempionatining 32-turidan o'rin olgan "Fulxem"ga qarshi bahsda (2:0, ikkinchi bo'lim davom etmoqda) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Saloh ushbu ko'rsatkich bo'yicha APL tarixidagi kuchli beshlikka kiradi. Undan ko'proq ochkoni faqat quyidagi afsonalar jamg'arishgan:

Ueyn Runi — 288 ochko

Rayan Giggz — 269 ochko

Alan Shirer — 268 ochko

Endi Koul — 258 ochko

Eslatib o'tamiz, avvalroq Muhammad Saloh joriy mavsum yakunida "Liverpul"ni tark etishini rasman e'lon qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ