"Napoli" prezidenti agentlarning katta miqdordagi komissiya pullarini tanqid qildi
11 APREL, 2026, 22:48
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis futbol agentlari faoliyatini keskin tanqid ostiga oldi.
"Agentlar o'zlarini go'yoki futbolning xo'jayinlaridek tutishmoqda! La'nat bo'lsin! Bu adolatdan emas. Agentlar — bu xo'jayinlar emas, balki xizmat ko'rsatuvchi shaxslardir.
Nima uchun agentlar bunchalik katta miqdorda pul so'rashadi? Shunchaki shartnoma imzolash va keyin g'oyib bo'lish uchunmi? Agar futbolchida biror muammo tug'ilsa, agentlar ko'zdan yo'qolib qolishadi!" — dedi De Laurentis CBC Sports telekanaliga bergan intervyusida.
