logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dyokeresh "Arsenal"ning mag'lubiyat sabablarini aytdi

 11 APREL, 2026, 22:36

"Arsenal" hujumchisi Viktor Dyokeresh APL doirasida "Bornmut"dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng "Emireyts" stadioni maydoni holatini tanqid qildi.

"Raqib qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. Ularda kuchli futbolchilar bor, yaxshi kombinatsiyalarni amalga oshirishdi. Ammo biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi.

O'yin so'ngida bizda vaziyatlar bo'ldi. Maydon ancha quruq edi, bu bizga yordam bermadi.

O'zimga bo'lgan ishonchim yuqori. Bugungi o'yinga yopishib olmasligimiz kerak. Oldinga qarash va ijobiy kayfiyatni saqlab qolish lozim", — dedi hujumchi BBC'ga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ