logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Arsenal» o'z uyida «Bornmut»ga yutqazib qo'ydi

 11 APREL, 2026, 18:36

Angliya Premer-ligasining 32-turidan o'rin olgan o'yinda "Arsenal" va "Bornmut" jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuv Londondagi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Hisob 17-daqiqada «Bornmut» hujumchisi Eli Krupi tomonidan ochildi. 35-daqiqada «kanonirlar» forvardi Viktor Dyokeresh 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi. 74-daqiqada esa yarim himoyachi Aleks Skott mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi.

Hozirgi holatga ko'ra, «Arsenal» 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. «Bornmut» esa 45 ochko jamg'arib, 9-o'ringa ko'tarildi.

Keyingi turda «Arsenal» safarda "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi (19 aprel), «Bornmut» esa "Nyukasl Yunayted" bilan mehmonda o'ynaydi (18 aprel).

Angliya — Premer-liga, 32-tur
11 aprel 2026 yil, shanba
Arsenal (London) — Bornmut (Bornmut) 1:2
Gollar: Eli Krupi 17' (0:1), Viktor Dyokeresh 35' (1:1, penalti), Aleks Skott 74' (1:2)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ