Dillian Uayt Fyuri - Maxmudov jangiga taxmin berdi
11 APREL, 2026, 18:16
Superog'ir vazn toifasi jangchisi Dillian Uayt hamyurti Tayson Fyuri va Arslanbek Maxmudov o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi."Agar Maxmudov jang boshidayoq Taysonga tashlansa, u o'z maqsadiga erishish imkoniga ega bo'ladi. CHunki Tayson ancha vaqtdan beri ringda ko'ringani yo'q. Maxmudov ham xuddi u kabi yirik va kuchli zarbaga ega. Taysonda bo'y va qo'l uzunligi bo'yicha ustunlik bo'lmaydi.
Agar Maxmudov kutib boks tushishga urinsa, uni ayovsiz urishadi va beshinchi, oltinchi yoki ettinchi raundlarda to'xtatishad"», — dedi Uayt Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Manba: olamsport.com
