logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Deku Ronaldu haqida: "Bunday mental kuchga ega boshqa sportchi yo'q"

 11 APREL, 2026, 17:18

Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Deku Saudiyaning "An-Nasr" klubida to'p surayotgan 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bunday mental kuchga ega bo'lgan boshqa biror sportchi yo'q. Men uchun u o'z ustida ishlashga va rivojlanishga eng ko'p berilgan inson edi. Aynan shu xislat uni tarixdagi eng buyuk o'yinchilardan biriga aylantirdi", - deya Dekuning so'zlarini keltiradi Globo Esporte nashri.

Joriy mavsumda yulduzli hujumchi "An-Nasr" safida barcha turnirlarda 27 ta o'yinda ishtirok etdi. U o'z hisobiga 24 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ