logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Fenerbaxche" La Ligada o'ynayotgan sobiq hujumchisini qaytarmoqchi

 11 APREL, 2026, 17:18

Kosovo terma jamoasi va Ispaniyaning "Malorka" klubi hujumchisi Vedat Muriki Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasiga o'tishi mumkin. Kosovan Football nashri xabariga ko'ra, "Fenerbaxche" Murikini yozgi transfer oynasi uchun o'z ro'yxatiga kiritgan.

Futbolchi uchun 5–6 million evro taklif qilinishi kutilmoqda. Istanbul klubi rahbariyatining fikricha, agar "Malorka" La Ligani tark etsa, transfer jarayoni ancha tezlashishi mumkin. Hozirda jamoa Ispaniya chempionatida 16-o'rinda bormoqda va xavfli hududda turgan "Elche"dan atigi 2 ochko oldinda.

Muriki avval ham, 2019–20 yilgi mavsumda "Fenerbaxche" sharafini himoya qilgan. O'shanda u 36 ta o'yinda 17 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi 29 ta bahsda 19 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 4,5 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ