logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yamal «Barselona» noqulaylik mashg'ulotini sabab tark etdi

 11 APREL, 2026, 16:12

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal juma kungi jamoa mashg'uloti paytida noqulaylik his qildi va shuning ortidan mashg'ulotni tark etdi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, tibbiy tekshiruv 18 yoshli vingerda jiddiy jarohat yo'qligini ko'rsatgan. Ta'kidlanishicha, Yamalda mushakda engil cho'zilish bor, bu esa uni 11 aprel, shanba kuni bo'lib o'tadigan "Espanol"ga qarshi o'yinga jalb qilinishiga to'sqinlik qilmaydi. «Barselona» shifokorlari ispaniyalik futbolchiga kecha davomida dam olishni tavsiya qilgan.

Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ