logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma'lum bo'ldi

 11 APREL, 2026, 15:00

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Maykl Kerrik jamoaning doimiy ustozi bo'lish uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Bu haqda talkSPORT nashri ma'lumot tarqatdi.

Manbaning xabariga ko'ra, uzoq vaqt davomida Angliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel birinchi raqamli nomzod deb hisoblanayotgan edi, biroq u milliy jamoa bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.

Kerrik «Manchester Yunayted»ni joriy yilning yanvar oyida qabul qilib olgan edi. 31-turdan so'ng «qizil iblislar» Premer-liga turnir jadvalida 55 ochko bilan uchinchi o'rinda borishmoqda.

Navbatdagi turda Kerrik shogirdlari o'z maydonlarida «Lids»ni qabul qilishadi. Uchrashuv 13 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ