logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem»ning asosiy o'yinchilari klubni tark etishi mumkin

 11 APREL, 2026, 14:54

Londonning «Tottenxem» klubining bir nechta muhim futbolchilari yozgi transfer oynasida jamoadan ketish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

The Touchline nashriga ma'lum bo'lishicha, o'yinchilarning klubdan ketish haqida o'ylayotganiga jamoaning Chempionshipga tushib ketish xavfi ostida turgani sabab bo'lmoqda. Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Xavi Simons, Jeyms Meddison va Kudus potentsial yangi klub variantlarini o'rganayotganlar qatoriga kiradi.

Avvalroq, «Vest Xem» APLning 32-turida «Vulverxempton»ni tor-mor etib, «Tottenxem»ni ortda qoldirgan holda xavfli hududni tark etgan edi. Endilikda «shporlar» turnir jadvalida 18-o'ringa tushib ketishdi va xavfsiz zonadan ikki ochkoga ortda qolmoqdalar, biroq ularda bitta zaxira o'yini mavjud.

12 aprel kuni Roberto De Dzerbi shogirdlari safarda «Sanderlend» bilan to'qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ