logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shlotterbekning «Borussiya» bilan shartnomani uzaytirishiga nima sabab bo'lgani ma'lum

 11 APREL, 2026, 13:24

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek nima sababdan jamoa bilan mehnat shartnomasini uzaytirgani ma'lum bo'ldi.

Avvalroq futbolchining «asalarilar» bilan olib borayotgan muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qolgani xabar qilingan edi. Biroq 10 aprel kuni klub himoyachi bilan amaldagi shartnoma 2031 yilgacha uzaytirilganini e'lon qildi.

BILD nashrining yozishicha, Shlotterbekning yangi shartnomasida 50–60 million evro miqdorida tovon puli ko'zda tutilgan. Ammo ushbu band faqat futbolchining bir nechta «orzusidagi klublari» uchungina amal qiladi. Taxminlarga ko'ra, gap «Bavariya» va Madridning «Real» klublari haqida ketmoqda.

Shlotterbek kelayotgan yozda «Borussiya»ni tark etmoqchi edi, biroq top-klublardan aniq takliflar bo'lmagach, u jamoa bilan shartnomani uzaytirishga va unga tovon puli haqidagi bandni kiritishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda 26 yoshli Shlotterbek barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ