logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maykl Olise «Bavariya»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

 11 APREL, 2026, 13:00

«Bavariya» qanot hujumchisi Maykl Olise yozgi transfer oynasida jamoani tark etmaydi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Bavariya» Oliseni sotmoqchi emas. «Real», «Barselona» va «Liverpul» tomonidan bo'layotgan kuchli qiziqishlarga qaramay, Olise o'z klubiga to'liq sodiq qolmoqda. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi Evropaning gigant klublari e'tiboridan mamnun, biroq transferni tezlashtirish niyatida emas. U «Bavariya» unga bergan imkoniyat uchun minnatdor va shartnoma shartlarini oxirigacha bajarishga qat'iy qaror qilgan.

Joriy mavsumda 24 yoshli Olise barcha musobaqalarni hisobga olganda 41 ta o'yinda ishtirok etdi, 16 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 29 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ