Edegor «Bornmut» bilan o'yindan nimalar kutyapti?
11 APREL, 2026, 03:12
Londonning «Arsenal» klubi sardori Martin Edegor Premer-liga doirasida «Bornmut»ga qarshi kechadigan bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Kanonirlar» uchun o'z maydonida kechadigan «olchalar»ga qarshi uchrashuv shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
«Hozir barcha turnirlardagi har bir o'yin katta ahamiyatga ega. Aynan aprel va may oylarida mavsum taqdiri hal bo'ladi. «Emireyts»ga qaytganimizdan xursandmiz. Chempionatda anchadan beri o'ynamadik — bu g'alati tuyg'u, lekin shu sabab jangovar ruhiyatimiz yanada oshgan. O'yin boshlanishini intizorlik bilan kutyapmiz va «Everton» bilan bahsdagi muvaffaqiyatimizni davom ettirmoqchimiz», — deya ingliz OAVlari Edegorning so'zlarini keltirmoqda.
