logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pogba «Monako»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

 11 APREL, 2026, 02:36

Yarim himoyachi Pol Pogba juma kuni qish fasli boshidan beri ilk bor «Monako» safida maydonga tushdi. Frantsiyalik futbolchi o'yindan so'ng ko'p o'tmay o'z kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Keyingi mavsum? Eshitishimcha, biz «Monako» bilan hali uzoq vaqt birga bo'lamiz», — deya Pogbaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.

Juma kuni «Monako» mehmonda «Parij» jamoasidan 1:4 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi. Ayni damda monegaskliklar Liga 1 turnir jadvalida beshinchi pog'onani egallab turishibdi. «Qizil-oqlar» chempionatdagi navbatdagi o'yinini yakshanba kuni, 19 aprelda, o'z maydonida «Oser»ga qarshi o'tkazadi.

33 yoshli Pogbaning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ