«Real»ning g'alabasiz seriyasi uchta o'yinga etdi
11 APREL, 2026, 02:18
«Real» ketma-ket uchta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.
Bugun Alvaro Arbeloa jamoasi La Liganing 31-turi doirasida «Jirona» bilan durang o'ynadi (1:1). Bungacha madridliklar 7 aprel kuni «Bavariya»ga (1:2), 4 aprel kuni esa «Malorka»ga (1:2) imkoniyatni boy berishgan edi.
15 aprel kuni «Real» Chempionlar ligasi doirasida yana «Bavariya» bilan to'qnash keladi.
