logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. «Roma» o'z uyida «Piza»ni tor-mor keltirdi: Malendan xet-trik

 11 APREL, 2026, 02:12

Italiya A Seriyasining 32-turi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Roma» o'z maydonida «Piza»ni yirik — 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Rimliklar safida Doniell Malen xet-trik qayd etdi. Niderlandiyalik futbolchi 3, 43 va 52-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Roma» (57 ochko) A Seriya jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. «Piza» (18 ochko) esa ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasida qolmoqda.

Italiya A Seriya. 32-tur
10.04.2026 | 23:45
«Olimpiko», Rim

«ROMA» — «PIZA» — 3:0
Gollar: Doniell Malen 3 (1:0), Doniell Malen 43 (2:0), Doniell Malen 52 (3:0).

«Roma»: Svilar, N`Dika, Ermoso, Gilardi, Kristante, Pizilli, Rench (Venturino, 85), Zeki Chelik (Anxelino, 78), Pellegrini (El-Shaaravi, 46), Soule (El-Aynaui, 65), Malen (Vaz, 78).

«Piza»: Shemper, Karachcholo, Kanestrelli, Kalabrezi (Koppola, 85), Xeyxolt (Akinsanmiro, 54), Ebisher, Angori, Ture (Pichchinini, 54), Leris, Tramoni (Loyola, 74), Moreo (Durosinmi, 74).

Ogohlantirishlar: Zeki Chelik (50) — Ture (21).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ