logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Vest Xem» g'alaba qozondi va «Tottenxem»ni xavfli hududga tushirib yubordi

 11 APREL, 2026, 02:06

APLning 32-turi doirasida bo'lib o'tgan bahsda «Vest Xem» o'z maydonida «Vulverxempton» ustidan 4:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi.

Londonliklar safida Konstantinos Mavropanos (42 va 83-daqiqalar) hamda Valentin Kastelyanos (66 va 68-daqiqalar) dublga erishishdi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Vest Xem» (32 ochko) APL turnir jadvalida 17-o'ringa ko'tarilib oldi va «Tottenxem»ni (31 ochko) 18-o'ringa — xavfli hududga (tushib ketish zonasiga) tushirib yubordi. «Shporlar» 32-tur doirasidagi o'z o'yinini 12 aprel kuni «Sanderlend»ga qarshi o'tkazishadi.

«Vulverxempton» esa 17 ochko bilan turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasida qolmoqda.

Angliya Premer-ligasi. 32-tur
10.04.2026 | 23:59
«London Stedium», London

«VEST XEM» — «VULVERHEMPTON» — 4:0
Gollar: Konstantinos Mavropanos 42 (1:0), Valentin Kastelyanos 66 (2:0), Valentin Kastelyanos 68 (3:0), Konstantinos Mavropanos 83 (4:0).

«Vest Xem»: Xermansen, Disasi, Mavropanos, Diuf, Uoker-Piters, Fernandesh (Magassa, 85), Souchek, Sammervill (Potts, 78), Bouen, Pablo (Traore, 78), Kastelyanos (Uilson, 82).

«Vulverxempton»: Joze Sa, S. Bueno, Kreychi, Moskera (Xvan Xi Chxan, 71), Andre, Gomes, Bellegard (R. Gomesh, 61; Edozi, 85), U. Bueno, Chachua, A. Gomesh (Mane, 61), Armstrong (Arokodare, 71).

Ogohlantirishlar: Fernandesh (31), Kastelyanos (52) — Bellegard (9), Moskera (20).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ