Superliga. 6-turning eng chiroyli goli muallifi aniqlandi (video)
10 APREL, 2026, 23:36
O'zbekiston professional futbol ligasi Superliga 6-turining eng chiroyli goli muallifini aniqladi.
"Surxon" hujumchisi Stefan Chinedu tomonidan OKMK darvozasiga urilgan gol turning eng chiroyli gol deb topildi.
Nigeriyalik futbolchi qaychi uslubida raqib darvozasini ishg'ol qildi.
