logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rossiyalik murabbiy JCh-2026 favoritlarini aytdi

 10 APREL, 2026, 23:24

Taniqli rossiyalik murabbiy Yuriy Syomin 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoritlari sifatida Ispaniya va Argentina terma jamoalarini ko'rsatdi. Bu haqda Sports.kz «Sport-Ekspress»ga tayanib xabar bermoqda.

«Favoritlar, menimcha, ikkita — Ispaniya va Argentina. Argentinaliklarga ham muxlislik qilaman, ularning jamoasi menga yoqadi, yana Messi tufayli ham. Bizning ligada ham argentinalik futbolchilar ko'p», — dedi Syomin.

Guruh bosqichida Ispaniya Saudiya Arabistoni, Urugvay va Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi. Argentina esa Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan kuch sinashadi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina. Ispaniya esa 2010 yilda mundial g'olibi bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ