Flik «Espanol»ga qarshi bahsda Lamin Yamalga dam beradimi?
10 APREL, 2026, 23:24
«Barselona» derbiga hozirlik ko'rmoqda — shanba kuni Xansi Flik shogirdlari o'z maydonida «Espanol»ni qabul qiladi. «Ko'k-anorranglilar» bosh murabbiyi keyingi hafta seshanba kuni bo'lib o'tadigan «Atletiko»ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi oldidan Lamin Yamalga dam berilish-berilmasligi haqidagi savolga javob berdi.
«Vaziyatni qanday boshqarishni ko'rib chiqamiz. Yamal uchun doimo o'yinni asosiy tarkibda boshlash foydali, lekin kuzatamiz. Men hali bir qarorga kelganim yo'q. Kutish kerak», — dedi Flik jurnalistlarga.
«Barselona» va «Espanol» o'rtasidagi bahs 11 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
