logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lautaro Martinesning tiklanish muddati ma'lum bo'ldi

 10 APREL, 2026, 21:36

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines yana jarohat tufayli lazaretga yo'l oldi. Milan klubi argentinalik futbolchining jarohati haqida xabar bergan bo'lsa-da, uning taxminiy tiklanish muddatlari bo'yicha ma'lumot taqdim etmagan edi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Martinesning tiklanishi uchun taxminan 15-20 kun vaqt kerak bo'ladi. Bu «Inter» sardori bir nechta o'yinni o'tkazib yuborishini va safga oyning oxirida qaytishini anglatadi.

«Inter» o'zining navbatdagi o'yinini yakshanba kuni, 12 aprel kuni safarda «Komo»ga qarshi o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, A Seriyaning o'tgan turida Martines «Roma»ga qarshi bahsda dubl qayd etgan edi. O'sha o'yingacha Lautaro jarohati sababli qariyb bir yarim oyni o'tkazib yuborgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ