Rossiyalik murabbiy Husanovning o'yinini yuqori baholadi
10 APREL, 2026, 21:18
Rossiyalik mashhur murabbiy Yuriy Syomin «Manchester Siti» markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ekspertning ta'kidlashicha, O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi ham markaziy himoyachi, ham lateral pozitsiyasida juda sifatli o'yin ko'rsatmoqda.
«Husanov men uchun haqiqiy kashfiyot bo'ldi! Bizning «ko'zi ochiq» (hamma narsani oldindan ko'ra biladigan) selektsionerlarimiz qaerda edi? Qanday qilib bunday o'yinchini qo'ldan chiqarib yubordingiz? Gvardiola esa bu olmosni payqadi va uni o'z jamoasiga oldi», — deya Syominning so'zlarini keltirmoqda «Sport-Ekspress».
Joriy mavsumda 22 yoshli Husanov «shaharliklar» tarkibida 30 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq hozircha samarali harakatlar bilan ajralib turgani yo'q.
