«Manchester Siti» «Sporting» sardorini 40-50 mln evroga sotib olishi mumkin
10 APREL, 2026, 21:00
«Manchester Siti» klubi «Sporting»ning tayanch yarim himoyachisi va sardori Morten Yulmannga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda tomonlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borilayotgani yo'q, biroq «shaharliklar» «Sporting» tomonidan futbolchining transferi bo'yicha qo'yilgan ayrim shartlardan xabardor. Futbolchining shartnomasida 80 mln evro miqdorida tovon puli belgilangan bo'lsa-da, Portugaliya jamoasi rahbariyati 40-50 mln evro atrofidagi summa bo'yicha muzokaralar o'tkazishga tayyor.
Joriy mavsumda Yulmann barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 45 mln evroni tashkil etadi.
