Arteta: «Biz borimizni beramiz»
10 APREL, 2026, 20:12
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining joriy yilgi Chempionlar Ligasidagi istiqbollari haqida to'xtalib o'tdi. Ispaniyalik mutaxassis «kanonirlar»ning Evropaning eng nufuzli turnirida g'alaba qozonishiga qattiq ishonishini ta'kidladi.
«Men bunga juda qattiq ishonaman, chunki futbolchilarimni har kuni ko'rib turibman. Birinchi navbatda — bizdagi mavjud potentsialni ko'ryapman. Oldimizda qanday imkoniyat ochilayotganini tushunib turibmiz va undan foydalanish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — deya Artetaning so'zlarini BBC keltirmoqda.
Yaqinda «Arsenal» EChL chorak finalining ilk bahsida Lissabonning «Sporting» jamoasi ustidan safarda 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu kichik ustunlik londonliklarning yarim final yo'lidagi imkoniyatlarini ancha oshirdi.
