"Chelsi" EChLga yo'llanma qo'lga kirita olmasa, Rosenor iste'foga chiqarilishi mumkin
10 APREL, 2026, 19:00
«Chelsi» yozda navbatdagi murabbiy o'zgarishiga qo'l urishi mumkin. The Touchline nashrining L’Equipega tayanib xabar berishicha, agar London klubi Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, Liam Rosenor iste'foga chiqarilishi mumkin.
Hozirda «Chelsi» turnir jadvalining oltinchi pog'onasida bormoqda. Shunga qaramay, Premer-liganing beshinchi o'rini ham yaqinda Chempionlar ligasiga yo'llanma beruvchi pog'onaga aylandi. Gap shundaki, APL 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi klub koeffitsientiga ega ikki davlatdan biri bo'lishi kafolatlangani sababli qo'shimcha yo'llanmaga ega bo'ldi.
«Chelsi» beshinchi o'rindagi «Liverpul»dan bor-yo'g'i bir ochkoga ortda qolmoqda. Yakshanba, 12 aprel kuni «aristokratlar» o'z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.
