Martinellining kelajagi bo'yicha rejalari oydinlashdi
10 APREL, 2026, 18:54
Hujumchi Gabriel Martinelli faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishni istamoqda.
Football Insider nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi yozda sotilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar va klub tomonidan berilgan ishoralarga qaramay, Londonda qolishga intilmoqda. Hujumchining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Shu sababli u rahbariyat va murabbiylar shtabiga Mikel Arteta jamoasida hali ham muhim figura bo'la olishini isbotlamoqchi.
Eslatib o'tamiz, Gabriel Martinelli 2019 yilda «Ituano» klubidan etti million evro evaziga «Arsenal»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi londonliklar safida barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
