logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Top-klub Jeksonni "Chelsi"dan ijaraga olmoqchi

 10 APREL, 2026, 18:54

Hozirda ijara asosida «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan va transfer huquqi «Chelsi»ga tegishli bo'lgan hujumchi Nikolas Jekson faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Corriere della Sport nashrining xabariga ko'ra, Myunxen klubi senegallik futbolchining transfer huquqini sotib olmoqchi emas. Hujumchining xizmatlariga «Milan» qiziqish bildirmoqda. «Rossonerilar» shu yozda futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Nikolas Jekson «Bavariya» safida barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, hujumchi 2023 yilda «Vilyarreal»dan 37 million evro evaziga London klubiga o'tgan edi. Transfermarkt portali Jeksonning qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ