logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Xea Kerrikning "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini yuqori baholadi

 10 APREL, 2026, 17:12

«Manchester Yunayted» sobiq posboni David de Xea jamoaning Maykl Kerrik qo'l ostidagi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.

Angliyalik mutaxassis yanvar oyida Ruben Amorimning o'rnini egallab, «qizil iblislar» boshqaruviga kelgan edi. 44 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi o'nta o'yinda mankunianliklar ettita g'alabaga erishdilar, ikki bor durang o'ynab, faqat bir marta mag'lubiyatga uchradilar.

«Kerrik aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirmoqda. «Manchester Yunayted» ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonyapti, ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Umid qilamanki, Maykl klubda qoladi va uni yana cho'qqiga qaytaradi», — deya hozirda Italiyaning «Fiorentina» klubida to'p surayotgan de Xeaning so'zlarini keltiradi Angliya OAVlari.

Maykl Kerrikning «MYu» bilan shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ