logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal"ni tark etishga nomzod futbolchilar ro'yxati ma'lum bo'ldi

 10 APREL, 2026, 16:36

«Arsenal» yozda o'z akademiyasining ikki nafar tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishga tayyor.

VVS bergan ma'lumotlarga ko'ra, «to'pchilar» Maylz Lyuis-Skelli va Itan Nvaneri (ayni damda ijara asosida «Marsel»da o'ynamoqda) bo'yicha transfer takliflarini ko'rib chiqishga rozi. Har ikki futbolchi 2025 yilda klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Nvaneriga Dortmundning «Borussiya»si va APLning bir nechta jamoalari qiziqish bildirmoqda. Lyuis-Skelli esa Premer-liga turnir jadvalining yuqori qismidagi klublar e'tiborini tortgan.

«Arsenal» ushbu ikki futbolchi uchun jami kamida 100 million funt sterling olmoqchi. Moliyaviy «feyr-pley» nuqtai nazaridan, bu mablag'lar klub uchun sof foyda sifatida qayd etiladi.

Shuningdek, londonliklar Gabriel Jezus, Ben Uayt va Gabriel Martinellini ham sotishga tayyor ekanliklari aytilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ