logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

39 yoshli Xonda faoliyatini yangi jamoada davom ettiradi

 10 APREL, 2026, 16:18

Yaponiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Keysuke Xonda faoliyatini Singapurning «Albreks Niigata Singapur» klubida davom ettiradi. Ushbu jamoa keyingi mavsumdan boshlab «Jurong» deb nomlanadi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Xonda avgust oyida yangi jamoasiga qo'shiladi va Singapurda 2026/27 yilgi mavsumni o'tkazadi.

39 yoshli yaponiyalik futbolchining oxirgi klubi Butanning «Paro» jamoasi edi. Xonda 2010 yildan 2013 yilgacha Rossiyaning TsSKA jamoasida to'p surgan va u erda 2012/13 yilgi mavsumda Rossiya chempioniga aylangan. Shuningdek, yarim himoyachi faoliyati davomida «VVV-Venlo», «Nagoya Grampus», «Milan», «Pachuka», «Melburn Viktori», «Vitess», «Botafogo», «Portimonense», «Neftchi» (Boku) va «Suduva» kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ