Boks. Osiyo chempionatida yakuniy reyting qanday bo'ldi?
10 APREL, 2026, 14:48
Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.O'zbekiston terma jamoasi musobaqada umumiy hisobda 11 ta medal - 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medali qo'lga kiritdi. Bu orqali vakillarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni band etishdi.
Birinchi o'rinni Qozog'iston, ikkinchi o'rinni esa Hindiston terma jamoasi band etdi.

Manba: olamsport.com
