logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» Morgan Rojers uchun kurashga qo'shildi

 10 APREL, 2026, 14:00

Birmingemning «Aston Villa» klubi vingeri Morgan Rojers transfer bozorida katta talabga ega bo'lib turibdi. Bu haqda Times Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli ingliz futbolchisi Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqishlari doirasiga tushgan. Germaniya top-klubi ushbu futbolchi uchun kurashda «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «PSJ» bilan raqobatlashishi mumkin.

Rojersning narxi Transfermarkt portali tomonidan 80 million evroga baholanmoqda. Futbolchining «Aston Villa» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Morgan 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ