logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Fernandes va «Chelsi» yarashib olishdi

 10 APREL, 2026, 13:54

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesning agenti Xaver Pastore tomonlar o'zaro kelishib olganini ma'lum qildi.

Bundan avvalroq, argentinalik futbolchi Madridga ko'chib o'tish istagi haqida bergan intervyusi sababli asosiy jamoa mashg'ulotlaridan chetlatilgan edi.

«Biz «Chelsi» bilan bir to'lqindamiz. Kecha yarashib oldik. Aslini olganda, hech qachon hech qanday muammo bo'lmagan. Biz vaziyatga oydinlik kiritdik xolos», — deya agentning so'zlarini keltiradi Top Mercato.

Pastorening ta'kidlashicha, Entsoning gaplari «Chelsi» uchun muammo tug'dirishga qaratilmagan edi. Entso — jamoa sardori va etakchilaridan biri, u mavsumni yuqori darajada o'tkazmoqda, deya xulosa qildi agent.

Joriy mavsumda 25 yoshli Fernandes barcha musobaqalarni hisobga olganda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ